
LITESHIP
LITESHIP - AQSH VA YEVROPADAN HARIDLARINGIZNI SOTIB OLISH VA YETKAZIB BERISHDAGI YORDAMCHINGIZDIR
Ishonch – bu bizning asosiy qadriyatimizdir
Biz AQSh va Yevropadan mahsulotlar harid qilish uchun kerak bo’lgan barcha turdagi xizmatlarni taqdim etamiz: tovarlarni harid qilishda yordam berish va ularni yetkazib berishdan tortib, onlayn – do’konlardan haridlar uchun ombor manzillarimizni taqdim etamiz.
Amerika va Yevropodan haridlarni oson va foydali qilamiz
Bizning hisobimizda minglab muvaffaqiyatli bajarilgan arizalar va ko’plab mamnun mijozlar mavjud. Liteship Missiyasi – har bir mijoz uchun onlayn haridlarni amalga oshirishda, sifatli va qulay xizmatni yaratishdan iborat. Mijozlarimiz onlayn haridlar jarayonida duch kelayotgan barcha qiyinchiliklarni o’rgangan holda biz ular uchun oson va qulay bo’lgan kompleks xizmat turlarini yaratdik. Bularga:

1. Meylforvarding AQSh, Yevropaning onlayn do'konlaridan tovarlarni sotib olishda biz sizga ro'yhatdan o'tgandan so'ng taqdim etgan ombor manzilini, yetkazib berish manzili sifatida ko'rsating. Omborga kelib tushgan buyurtmalaringizni uyingizga ishonchli yetkazib berish ishini bizga topshiring. Qulay va chegirmadagi narxlar xaridlaringizda tejashga va siz yoqtirgan brend mahsulotlarini ko'proq sotib olish imkoniyatini beradi.
2. Harid qilishda yordam Agar sizda chet el bank kartasi bo'lmasa yoki do'kon bazi bir sabablarga ko'ra sizning buyurtmalaringizni bekor qilayotgan bo'lsa, ushbu holatda biz o'zimizga barcha mas'uliyatni olgan holda, siz uchun buyurtmalarni sotib olish, ularni rasmiylashtirish, sotuvchi bilan muloqot qilish ishlarini amalga oshiramiz. Shunchaki tanlangan tovar havolasini bizga jo'nating va bizning shopping bo'yicha mutaxasislarimiz ularni sizga sotib olib berishadi.
3. Jo'natmalarni qayta ishlash Biz o'z omborlarimizda jo'natmalarni saqlash, qadoqlash, alohida - alohida qabul qiluvchi qilib ajratish va birlashtirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratganmiz. Bularni barchasini siz shaxsiy kabinetingizdan boshqarishingiz mumkin. Shuningdek jo'natmalarni rasm va videoga olish, texnikalarning ishlatib ko'rish va boshqa maxsus xizmatlarni taklif qilamiz.
- Nima uchun AQSh va Yevropadan Liteship bilan harid qilish foydali?
- · Bizning AQShdagi omborimiz soliqsiz Delaver shtatida joylashgan;
- · Biz tez va sifatli yetkazib berishni kafolatlaymiz;
- · Mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi narxda olishingiz;
- · Ichki bozorda sotilmaydigan tovarlarning mavjudligi;
- · Yaxshi obro’ga ega bo’lgan do’konlarning yuqori sifatli mahsulotlarini harid qilish;
- · Noyob va eksklyuziv tovarlarni harid qilish;
- · Eng mashhur brendlar tomonidan taqdim etilgan chegirma va aksiyalarida qatnashish.
Hali ham onlayn shopping afzalliklarini his qilmagan bo’lsangiz bizning saytdan ro’yhatdan o’ting va mijozlarimiz qatoriga qo’shiling. Liteship bilan Amerika va Yevropa siz o’ylagandan ko’ra yaqinroq!