Bu qanday ishlaydi – LiteShip Liteship
burger close
Menyu
telegram whatsapp
Roʻyxatdan oʻtish Kirish
Asosiy sahifa / Bu qanday ishlaydi

BOSQICHLAR

AQSh va Yevropadan harid qilish jarayoni qanday amalga oshiriladi?

1. Ro‘yxatdan o‘tamiz

AQSh va Yevropadan shaxsiy ombor manzil olish, akkaunt yaratib jo’natmalaringizni boshqarish uchun bizning saytimizdan ro’yhatdan o’ting. Ushbu ombor manzilni onlayn do'konlardan harid qilishda, yetkazib berish manzili sifatida ko'rsating. Shaxsiy kabinetingizda esa jo'natmalaringiz bo'yicha barcha ma'lumotlar saqlanadi.

Keyingi qadam →
registrationContent

2. Xarid qilamiz

AQSh va Yevropaning Internet – do’konlaridan tovarlarni tanlang. Liteship tomonidan taqdim etilgan shaxsiy manzilga yetkazib berishni rasmiylashtiring, to’lovlarni amalga oshiring va jo’natmangiz bizning omborga kelishini kuting. Agar siz onlayn shopping qilishda yangi bo’lsangiz shunchaki bizning “Xarid qilishda yordam” xizmatimizdan foydalaning. Buning uchun shaxsiy kabinetda hisobingizni to’ldiring, sizga yoqqan tovarlar havolasini jo’natishingiz yetarli bo’ladi - buyurtmalar bizning malakali mutaxasislarimiz tomonidan tezda rasmiylashtirilib harid qilinadi.

Keyingi qadam →
registrationContent

3. Jo’natmani rasmiylashtiramiz

Barcha sotib olingan tovarlar bizning omborga kelishi bilanoq siz ularni shaxsiy kabinetingizda ko’rasiz va ularni uyga yetkazib berishga rasmiylashtirishingiz mumkin. Buning uchun deklaratsiyani to'ldiring va sizga qulay bo'lgan yetkazib berish tarifini tanlang. Biz shuningdek qabul qilangan tovarlarni ishga yaroqliligini tekshirib ko'rish, rasmga olish va buyurtma ichidagi mahsulotlarni limit doirasida ajratish xizmatini ham ko'rsatamiz. Buning uchun siz maxsus so'rov xizmatini rasmiylashtirishingiz kerak bo'ladi.

Keyingi qadam →
registrationContent

4. Jo’natmani qabul qilamiz

Jo’natmalarni rasmiylashtirish davomida o’zingizga qulay bo’lgan qabul qilish yo'lini tanlang – yuk tarqatuv ofisimizdan olib ketish yoki kuryer tomonidan uygacha yetkazib berish. Buyurtmalaringiz ombordan chiqib ketishi bilan, siz ularning statusini shaxsiy kabinetingizda kuzatib borishingiz mumkin. Shuningdek Telegram - bot va veb sahifamiz orqali buyurtmalaringizning har bir o'zgarish statusi bo'yicha xabarnoma olib turasiz. Jo'natmalarni qabul qilgandan so'ng, ochilish jarayoni ko'rsatilgan video tasvirga oling - bu sug'urta masalalarida kerak bo'ladi. Keyingi yetkazib berishda chegirmali kupon olish uchun, siz jo'natmalaringiz qanday yetib kelganligi bo'yicha izohlaringiz va rasmlarni joylashtirishingiz kerak bo'ladi.

Boshiga →
registrationContent